
Kadr: Telegram
Andijon shahrida Motamsaro ona haykaliga hurmatsizlik qilgan 37 yoshli erkak javobgarlikka tortildi. Bu haqda «Yoshlar» telekanalida ma’lum qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 3 nafar farzandi bor 37 yoshli Z.Q. ismli fuqaro haykal ustiga chiqib yotib olgani tasvirlangan video tarqaldi. «Onaxonning quchog‘ida yotibman... Kimligini bilmayman, sen taniysanmi? Men ham tanimayman», — deydi u.
Ushbu fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, bu Z.Q. tomonidan sodir etilgan ikkinchi huquqbuzarlik hisoblanadi. Bundan oldin u harakatlanayotgan poyezd ostiga yotib olgani tasvirlangan videoni internetda tarqatgan edi. Erkak qilgan ishidan uzr so‘rab, qayta bunday ish qilmaslikka va’da bergan.
— Shukhrat (@bankir2102) May 19, 2021
«Bundan buyog‘iga yaxshi odam bo‘lib, yaxshi hayotda yashashga harakat qilaman. O‘ylamagan xatti-harakatim shunaqa vaziyatga olib keldi. Yoshlarga bu ibrat bo‘lsin. Xalqimizdan kechirim so‘rayman, uzr», — deydi u.
E’lon qilingan kadrlardan ko‘rish mumkinki, huquqbuzar erkak haykalni artib, atrofini tozalab qo‘ygan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar