08:40 / 20.05.2021
1 941

Toshkentda yo‘lning qatnov qismida drift qilgan haydovchiga chora ko‘rildi


Toshkentning Yangihayot tumanida yo‘lning qatnov qismida drift qilgan Gentra haydovchisiga chora ko‘rilib, mashinasi jarima maydoniga joylashtirildi. Bu haqda «Toshkent» telekanali dasturida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, 11 may kuni soat taxminan 18:30 da Yangihayot tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar Gentra haydovchisi yo‘l harakati qoidasini qasddan mensimasdan, boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bergani aks etgan videoni ichki ishlar organlariga yuborib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida qoidabuzar haydovchi 31 yoshli A. ismli shaxs ekanligi aniqlangan. Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi (transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) 6-qismi va 128-moddasi (haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi) 5-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va avtomobil vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Ma’lumot uchun, ushbu kodeksning 125-moddasi 6-qismida BHMning 10 baravari (19 may holatiga ko‘ra, 2 million 450 ming so‘m) miqdorida jarima, 128-moddaning 5-qismida esa BHMning 4 baravari (980 ming so‘m) miqdorida jarima yoki transport vositasini boshqarish huquqidan 6 oy muddatga mahrum etish jazosi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yo‘lning qatnov qismida drift qilgan haydovchiga chora ko‘rildi