09:52 / 21.05.2021
2 914

Uch yigit va bir qiz jinoyatning «issig‘ida» ushlandi


2021 yil 16 may kuni tungi soat 22:00larda bir nechta noma’lum shaxslar Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan «Adiblar xiyoboni»dagi o‘rindiqda o‘tirgan fuqarolar 19 yoshli A.Omadbek va R.Maftunalarning yoniga kelgan. A.Omadbekning faol qarshilik qilishiga qaramay, cho‘ntagidagi hamyonini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilgan. Hodisa joyidan qochayotganlarida ushbu hududda xizmat olib borayotgan qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni 20 yoshli I.Doniyor, 22 yoshli R.Azamat, 19 yoshli O.Muhammadbobur va 16 yoshli X.Shahzodalar sodir qilganlari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari jarayonida ushbu gumon qilinuvchi shaxslar 2021 yilning 16 may kuni soat 12:00 larda mazkur «Adiblar xiyoboni»da bo‘lgan fuqaro 22 yoshli T.Shahzod tanishi 16 yoshli A.Mahliyoxonlarning yoniga kelib, ularga tegishli 2.500.000 va 2.000.000 so‘mlik telefon apparatlarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilganliklari aniqlanib, jabrlanuvchilar tomonidan tanib olinganlar.

Jinoyat ishi doirasida I.Doniyor, R.Azamat, O.Muhammadbobur va X.Shahzodalarning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari aniqlanib, huquqiy baho berilishi ta’minlanishi aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uch yigit va bir qiz jinoyatning «issig‘ida» ushlandi