2 437
Buxoroda ichki ishlar xodimi kiyimida «xurmacha qiliq» qilgan tiktokerlar javobgarlikka tortildi

Kadr: Telegram
Buxoro viloyati Romitan tumanida ichki ishlar xodimlarining xizmat formasini kiyib olib, ko‘chada «xurmacha qiliqlarni» amalga oshirgan va buning videosini TikTok’ka joylashtirgan yigitlar javobgarlikka tortildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tiktokerlar ichki ishlar xodimlarining formasida turli noo‘rin xatti-harakatlari tasvirlangan videoroliklarni ijtimoiy tarmoqda tarqatgan.
Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu fuqarolar shaxsiga aniqlik kiritilgan va ularning ishi Romitan tumani sudida ko‘rib chiqilgan.
Yigitlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 209-1-moddasida (vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish) nazarda tutilgan qoidabuzarlik sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga BHMning 5 baravari miqdorida jarima tayinlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar