2 674
Rasul Kusherbayev: O‘zimizga yaxshi baho beramiz, chunki «yerni chuqurroq haydayapmiz»
«Toshkent Besh tashabbus harakati» yoshlar festivalida so‘zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev barcha deputatlarni ham xalq tanimasligi, ularning ko‘rinish bermasligi haqida berilgan savolga javob berdi.
«Deputatlarni nega tanimaymiz deysizmi? Unda siz ‘Axborot’ni ko‘rmas ekansiz, davlat kanallarini kuzatmas ekansiz. Deputatlarning deyarli barchasi chiqishlar qilishadi, asosan, davlat kanallarida chiqishadi. Xalqqa nisbatan hammaga qiziq, kichikroq muammoli masalalar bo‘yicha videolar yetib keladi, shunaqa videolar tarqaladi. Shunda ko‘proq ko‘rinish bersak kerak.
Muhimroq, kattaroq masalalar davlat kanallarida chiqib, tarmoqlarda tarqalmasa kerak. O‘zimizga baho berishga kelsak, bu noto‘g‘ri deb o‘ylayman, ishimizga besh baho deyishim mumkin, lekin bunga ishonmaysiz. Bahoni siz berishingiz kerak. Bizga qolsa, fermerga hosildorlik haqida berilgan savol bo‘yicha javobi bor-ku, ‘yerni chuqurroq haydaganimiz uchun’ deb javob beriladigan. Yaxshi baho beramiz, chunki ‘yerni chuqurroq haydayapmiz’. Savol sizga berilishi kerak, siz qanday baholaysiz? Biz o‘zimizni yaxshilayveramiz-da. Sizning bahoyingiz esa ob’ektiv bo‘ladi », — deya gapirib o‘tdi Kusherbayev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi