2 107
Vazir: «Farzandlarimni tanlovlarda qatnashtirmayman. G‘olib bo‘lsa, baribir boshqacha qaraladi»
Toshkent shahrida «Toshkent 5 tashabbus harakati» tadbirlari doirasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz xabariga ko‘ra, muloqot davomida vazir OTMlarda nomdor stipendiatlar saralashida tanish bilishchilik va korrupsiya holatlari ko‘pligi haqidagi savolga ham javob berdi.
«Haqiqatan ham, bu yilgi nomdor stipendiantlarni qayta saralash natijalari bo‘yicha, 9ta holatda talabalar noto‘g‘ri va noxolis baholangani aniq bo‘ldi.
Ko‘p narsa inson omiliga bog‘liq bo‘lib qolgan, haqiqiy natijaga emas. Yaxshilab surishtirilsa, stipendiya yutgan talaba OTMning qaysidir o‘qituvchisi, rahbariga qarindosh bo‘lib chiqadi. To‘g‘ri, men tushunaman, prorektorning bolasi ham yaxshi o‘qishi mumkin.
Uning ham yaxshi o‘qishga haqqi bor, lekin... Masalan, men farzandlarimni turli tanlovlarga qatnashtirmaganman. «Bolam, sen zo‘r bo‘lsang, IELTS’dan 7 ball olgin, shunda hamma seni tan oladi, bo‘lmasa baribir boshqacha qaraladi. Ha, vazirning o‘g‘li, deydi». Oilada talab shunday qo‘yilgan.
Tekshiruvlarda aniq bo‘ldiki, stipendiya olganlarning ko‘pchiligi o‘qituvchilarning farzandlari. Shogirdlarini o‘tkazish holatlari. Undan-da kuchli bolalarning qolib ketgani holatlari.
Shuning uchun, bu yildan nomdor stipendiantlarning tanlovini mutlaqo shaffof qilyapmiz. Bu shunday tizim bo‘lyaptiki, talabalarning o‘zi g‘olibni tanlaydi, o‘zi ovoz beradi. Hamma narsa o‘qituvchiga bog‘liq bo‘lib qolishi kerak emas», – dedi Abduqodir Toshqulov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi