Toshkent shahrida «Toshkent 5 tashabbus harakati» tadbirlari doirasida xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz xabariga ko‘ra, xalq ta’limi vaziri yoshlarning biznesga oid fanlarni umumta’lim maktablarida o‘qitish borasidagi takliflarini qo‘llab-quvvatladi.
«Yangi milliy o‘quv dasturida ham maktab fanlariga biznes haqida o‘qitishni qo‘shishni ko‘zda tutamiz. Lekin buni kiritish ham oson bo‘lmayapti. Chunki juda ko‘pchilik maktabda biznes haqida, pul topish haqida gapirilsa, bu bolalarimizning tarbiyasini buzadi, deb o‘ylaydi. Mana kommersantlarni tarbiyalayapsan, deydi. Tarbiya darsligining ichida ham bolalarga biznes haqida gapirgan ekanmiz, darrov internetda muhokama bo‘ldi.
Lekin bir narsani aytib qo‘yish kerak. Pul topish bola tarbiyasini buzadi degan fikr miyamizda turadigan bo‘lsa, hech qachon boy bo‘lmaymiz. Pul topish, odam yomon bo‘ladigan bo‘lsa, yomonligini kuchaytiradi. Odam yaxshi bo‘ladigan bo‘lsa, boy bo‘lsa, ko‘proq saxovat qiladi, yordam beradi», - dedi vazir. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi