08:30 / 24.05.2021
1 884

Doniyor G‘aniyev: «Eng katta xatomiz — muammolarni alohida o‘rganib, ularga alohida yondashishimiz»


«Toshkent Besh tashabbus harakati» yoshlar festivalida so‘zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev O‘zbekistonda muammolarni hal qilishda kuzatilayotgan eng katta xatolar haqida gapirib o‘tdi.

G‘aniyevning fikricha, eng katta xato — muammolarni alohida o‘rganib, ularga alohida yondashish. Deputat muammolar tizimli hal qilinmasdan, ularga alohida yondashib kurashilsa, uzoqqa borilmasligini ta’kidlagan.

«Xalq ta’limi, oliy ta’lim deymiz, monopoliya deymiz. Bularning hammasiga yagona yechim — bu qonun ustuvorligi. Iqtisodda raqobatni vujudga keltirish. Iqtisodda raqobat bo‘lsa, korrupsiya ham yo‘qoladi, ta’lim sifati ham oshadi. Monopoliya ham yo‘qoladi. Hamma muammolar bir-biriga bog‘liq ravishda barham topadi.

Masalan, bitta muammoni alohida hal qilish deyapmiz, Past Darg‘om tumani haqida gapiryapsiz. Past Darg‘omdagi bitta muammoni hal qilish — bu ko‘rpani tortishdek gap-da. Ko‘rpani tortsak, Shohimardon ochilib qolyapti, ular uchun ko‘rpani tortsak, Past Darg‘omda ochilib qolyapti. Bu vaqtinchalik choralar. Tizimli hal qilinmas ekan, bu baribir vaqtinchalik bo‘lib qolaveradi. Qonun ustuvor, iqtisodda raqobat bo‘lishi kerak», — deydi deputat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Doniyor G‘aniyev: «Eng katta xatomiz — muammolarni alohida o‘rganib, ularga alohida yondashishimiz»