18:10 / 26.05.2021
9 067

Bojxonachilar 9 mlrd. so‘mlik noqonuniy olib kirishga urinilgan tovarlarni to‘xtatib qolishdi


Bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida yirik miqdordagi tovarlarning yurtimiz hududiga noqonuniy kirib kelishining oldi olindi.

Jumladan, bojxona postiga xorijdan qiymati 406 ming dollardan ortiq 3 turdagi tovarlar keltirildi.
Mazkur tovarlarga elektron taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasidagi “O‘simlik asosidagi ganoderma ekstrakti” tovarlariningtashqi iqtisodiy faoliyat tovar kodlarida shubha uyg‘onganligi sababli bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Tovarlarni ko‘zdan kechirish davomida tovar qadog‘i ustlariga qo‘lbola tarzda tovar yorliqlari yopishtirilganligi aniqlandi.  
Shuningdek, o‘tkazilgan ekspertiza xulosasiga asosan, mazkur tovarlarning tovar kodlari noto‘g‘ri tasniflanishi natijasida 1 mlrd. 72 mln. so‘mlik qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Natijada, qiymati 9 mlrd. so‘mni tashkil etuvchi 48 952 quti “o‘simlik asosidagi ganoderma ekstrakti” tovarlari vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar 9 mlrd. so‘mlik noqonuniy olib kirishga urinilgan tovarlarni to‘xtatib qolishdi