15:09 / 27.05.2021
1 518

Markalanmagan tamaki mahsuloti o‘z vaqtida fosh etildi


Amaldagi qonunchilikka ko‘ra 2021 yil 1 fevraldan boshlab eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan tamaki mahsulotlarini aniqlash, ularning olib kirilishi, ishlab chiqarilishi hamda ulgurji va chakana savdo tarmog‘ida sotilishining oldini olish bojxona organlarining vazifalaridan biri etib belgilangan.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Samarqand shahrida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Natijada, fuqaro O.A.ga tegishli, aksiz markalari bilan markalanmagan, umumiy qiymati 4 million so‘mlik, 400 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markalanmagan tamaki mahsuloti o‘z vaqtida fosh etildi