2 193
Ra’no Shodiyeva: «Uylanish arafasidagi yigitlarimizni oilaga tayyorlaydigan maktablar ochish kerak»
Jamoatchilik faoli, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva «Daryo»ga bergan intervyusida ayollarga nisbatan bo‘layotgan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari haqida so‘z yuritib, oila qurish ostonasidagi o‘g‘il bolalar uchun ham o‘quv markazlari ochish kerakligini ta’kidladi.
«Xotin-qizlarning zo‘ravonlikka uchrashini ham ayol, ham fuqaro sifatida, albatta, qoralayman va bunga munosabatim salbiy. Bilasizmi, biz bu muammoni ustidan ko‘rib chiqyapmiz, xolos. Aslida, sabablarini chuqur o‘rganib, tagiga yetishimiz kerak. Oilaning poydevori mustahkam bo‘lmasa, bu oila ozgina zilzila bo‘lsa ham, buzilib ketadi.
To‘g‘ri, bugungi kunda davlat tomonidan ayollarga ko‘p e’tibor berilmoqda, imkoniyatlar yaratilyapti. Qaynana-kelin maktablari, qizlarimizning o‘z ustida ishlashi, bilim olishi, hunar o‘rganishi, oilaga tayyorlanishi uchun turli o‘quv markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Mening nazarimda, avvalo, oila qurish arafasidagi yigitlarimizni katta hayotga tayyorlashimiz, ular uchun ham maktablar ochishimiz lozim. O‘g‘il bolalarga o‘smirlik davrida o‘zini tutishi, oila nima ekanligi, bo‘lajak jufti haloli kim, erlik va otalik vazifalari qandayligi o‘rgatilib, muqaddas qo‘rg‘onini himoya qilish bo‘yicha zarur maslahatlar berilsa, buning uchun master-klasslar tashkil etilsa, zo‘ravonlik holatlari, ajrimlar ancha kamayadi, deb o‘ylayman», — dedi Shodiyeva. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi