15:13 / 28.05.2021
2 255

Toshkentda 1 yoshli farzandini 5 ming dollarga sotishga uringan er-xotin ushlandi


Kadr: Telegram
Toshkentda bir yoshli farzandini 5 ming dollarga sotishga uringan er-xotinga jazo tayinlandi. Bu haqda MY5 telekanalining «Markaziy studiya» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 22 yoshli ayol hamda uning turmush o‘rtog‘i o‘z farzandini 5 ming dollarga sotishga uringan vaqtida qo‘lga olingan.

«Menga Alisa qo‘ng‘iroq qilib, ko‘rishishni taklif qildi. Biz ko‘rishdik va u mening farzandimni asrab olmoqchi ekanini bildirdi. Men esa unga turmush o‘rtog‘im bilan gaplashib olishim kerakligini aytdim. Erim rad javobini berdi. Keyin u bizga 5 ming dollar pul taklif qildi. O‘ylab ko‘rib, uning qanday sharoitda yashashi bilan tanishgach, biz rozi bo‘ldik», — deydi bolaning onasi.

Ta’kidlanishicha er-xotinning ikkisi ham mehribonlik uyida ulg‘aygan. O‘zlarining bir yoshli farzandini sotishga sabab qilib karantin davridagi qiyinchiliklarni ko‘rsatgan.

«Karantin davrida bizga qiyin bo‘ldi. Ishimiz ham yo‘q edi. Mahalladan yordam so‘radik, ammo yordam berishmadi», — deydi erkak.
Erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi «a» bandiga asosan 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Bolaning onasiga tayinlangan jazo uch yillik sinov muddatiga almashtirilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat