2021 yil 24 may kuni soat 22:00 larda Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan «Erkin» YPX maskanida xizmat olib borayotgan IIB xodimlari tomonidan Samarqand-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan 43 yoshli K.U.ning boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomashinasi to‘xtatilib, tekshirilganda, avtomashina yukxona qismidan yo‘lovchi 49 yoshli Tojikiston Respublikasi fuqarosi X.A.ning chamadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, polietilen paket bo‘lagiga o‘ralgan va ikki dona yelim idishlarga joylangan o‘tkir hidli moddalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Sud kimyoviy ekspertiza xulosasida X.A.dan olingan sof og‘irligi jami 8.79 grammga teng «GASHISH» giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.A.ga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi