Buxoro shahar hokimligi binosi yaqinida maktab o‘quvchilari o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Viloyat IIB hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.
Mazkur videolavha Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilganda aniqlanishicha, 2021 yilning 26 may kuni soat 14:45 da Buxoro shahar «J.Ikromiy» mahallasida joylashgan 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida Buxoro shahar hokimligi binosi oldida sodir etilgan janjal holati tasvirlangan.
Ushbu holat shu kuni soat 14:49 da Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-sonli ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismida yuritilayotgan Shakl-2 jurnaliga qayd etilib, kechiktirib bo‘lmas tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.
— Shukhrat (@bankir2102) May 28, 2021
Ushbu mushtlashuvda tan jarohati olgan va mushtlashgan fuqarolarning shaxsini aniqlash choralari ko‘rilgan bo‘lib, hozirda tan jarohati olgan A.A. va J.R.ning olgan jarohatlari og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Shuningdek, voyaga yetmagan F.J. va F.J., A.A. hamda boshqalarning harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor — iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
Jigar uchun eng foydali bo‘lgan 9 ta mahsulot
"Paxtakor"ning o‘yini mutaxassis nigohida: "Menimcha, g‘alaba uchun emas, bir ochkoni saqlab qolish uchun o‘ynadi"
Medvedev: "Tramp Ukraina mojarosiga barham berishi mumkin"