14:30 / 29.05.2021
1 924

Samarqandda haydovchining uxlab qolishi oqibatida Isuzu yuk mashinasi daryo qirg‘og‘iga ag‘darilib ketdi


Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Samarqand shahri hududidan o‘tuvchi M-37A avtomobil yo‘lining 35-kilometrida Isuzu yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar beradi viloyati IIB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, ko‘ngilsiz hodisa 29 may kuni soat 05:30 larda Toshkent—Navoiy yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Isuzu rusumli yuk mashinasi bilan sodir bo‘lgan. Haydovchining uxlab qolishi oqibatida mashina Zarafshon daryosining qirg‘og‘iga ag‘darilib ketgan.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Ta’kidlanishicha, mazkur hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda haydovchining uxlab qolishi oqibatida Isuzu yuk mashinasi daryo qirg‘og‘iga ag‘darilib ketdi