To‘qqiz yashar qizning qotilligida ayblanib, sud tomonidan oqlangan A.Hamdamovaga oid hukmga nisbatan protest berildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati bugun tarqatgan bayonotda ma’lum qilindi.
Bayonotda «...tergov davomida aniqlangan va isbotlangan dalil hamda vajlar sud tomonidan inobatga olinmagani» va «... o‘ta og‘ir jinoyat harakatlariga yetarli baho berilmagani» alohida ta’kidlanadi. Shu bois, joriy yil 12 may kuni Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan viloyat sudining 2021 yil 5 maydagi hukmiga nisbatan Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya instansiyasiga apellyatsiya tartibida protest keltirilgan.
Bosh prokuratratura matbuot xizmatiga ko‘ra: «viloyat sudi tomonidan oqlangan sudlanuvchining «aybsiz» ekanligi haqida sudning yakuniy hukmi qonuniy kuchga kirmasdan turib, xulosa qilishga hali erta» va «...asosan himoya tarafi va sudlanuvchi keng jamoatchilikka taqdim etayotgan «tafsilotlar» asosida ehtirosli xulosalarga kelish noo‘rindir», «Oliy sudning yakuniy to‘xtamidan keyingina jinoyat ishi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda tegishli munosabat bildiriladi».
Zero, gap 9 yoshida vahshiylarcha qotillikning qurboni bo‘lgan qizaloqning ayanchli taqdiri uchun aybdorni so‘zsiz javobgarlikka tortish, bir norasida farzandi o‘ldirilgan oilaning iztiroblari, jazoning muqarrarligi va adolat tantanasiga bo‘lgan umidi hamda ishonchi haqida bormoqda, deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 21 iyun kuni Andijon viloyatining Asaka tumanida 9 yoshli norasida qiz o‘ta shafqatsizlik bilan o‘ldirib ketiladi. Ushbu shov-shuvli jinoyat ishini Bosh prokuraturaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi olib borib, jinoyatni marhumaning qo‘shnisi Asroraxon Hamdamova sodir etgan deb topadi. Biroq 10 oy umrini qamoqda o‘tkazgan andijonlik A.Hamdamova oqlanib, sud zalidan ozod etildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi