20:50 / 30.05.2021
1 388

Chivinlardan qutulishga yordam beradigan 5 xil o‘simlik

Chivinlardan qutulishga yordam beradigan 5 xil o‘simlik

Foto: «Domashniy ochag»
Issiq kunlarda insonlarning eng katta muammosiga aylanuvchi chivinlarni bartaraf etishda har qanday vositadan ko‘ra oddiygina o‘simliklar ko‘proq yordam berishi mumkin. Shuningdek, mazkur o‘simliklar allergiya keltirib chiqarmaydi.

Lavanda

Foto: «Domashniy ochag»
Inson odatda lavanda hididan zavqlanadi, lekin chivin kabi uchadigan hasharotlarga uning ifori unchalik ham yoqimli emas. Chivinlarga qarshi eng yaxshi o‘simlik lavandin navi bo‘lib, tarkibida komfor moddasining yuqori konsentratsiyasi mavjud. Aynan shuning uchun ham hasharotlar undan qochadi.

Melissa yoki limon yalpiz

Foto: «Domashniy ochag»
Melissa o‘simligining hidi sitronellaning yoqimliroq variantini yodga soladi. Darhaqiqat, yuqori darajadagi sitronellani o‘z ichiga olgan o‘simliklar  hasharotlarga qarshi tabiiy vositadir. Bu xushbo‘y o‘simliklarni chivinlarga qarshi uy sharoitida ham o‘stirish mumkin. Shuningdek, bir necha barglaridan choyga ham qo‘shib ichish mumkin. Mazasi ajoyib!

Rayhon

Foto: «Domashniy ochag»
Birgina tuvakda o‘stirilgan rayhon insonga chindan ham tinchlik va osoyishtalik, hasharotlar hujumisiz tabiatdan zavq olishga yordam beradi. Bu barglarni maydalashni yoki yulib olishni talab qilmaydigan kuchli hid beradigan oz sonli o‘simliklardan biridir. Hasharotlardan saqlanish uchun esa uni tuvagi bilan deraza yoki stolga ustiga qo‘yish tavsiya etiladi.

Mushuk o‘ti (yapon mushukchasi)

Foto: «Domashniy ochag»
Chivinlarga qarshi yana bir foydali o‘simlik. Chivinlar va pashshalar mushuk o‘tini yomon ko‘radi, mushuklar uchun esa bu valerianga qaraganda yaxshiroqdir. Shuning uchun nafaqat insonlarni, balki uy hayvonlarini ham hasharotlardan himoya qilishda ushbu o‘simlik yaqindan yordam beradi.

Yalpiz

Foto: «Domashniy ochag»
Moxito ichimligi uchun foydali bo‘lgan o‘simlik chivinlarni yo‘qotishda ham foydalidir. Haqiqat shundaki, yalpiz barglari dastasi yoki to‘g‘ralgan holda, stakanda, kechqurun chivinlarni yo‘q bo‘lishiga yordam beradi va barglar tarkibidagi efir moylari hasharotlar chaqqandan keyin terining qichishishini samarali ravishda to‘xtatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Chivinlardan qutulishga yordam beradigan 5 xil o‘simlik