16:10 / 02.06.2021
2 665

Qashqadaryoda eshak so‘yish bilan shug‘ullangan to‘rt kishi ushlandi


Foto: Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati
26 may kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanida eshak so‘ygan 4 nafar erkak ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida Koson tumani «Arabxona» mahallasida yashovchi fuqaro N.T.ga tegishli bo‘lgan xonadon hovlisi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Mazkur xonadonda N.T, S.N., Sh.X. hamda T.A. ismli to‘rt nafar fuqaro iste’mol qilinishi mumkin bo‘lmagan hayvon — eshaklarni so‘yib, go‘shtini suyaklaridan ajratib kelayotgani aniqlangan.

Foto: Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati
Hozirda surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada mushuk go‘shtini sotganlar ushlangani to‘g‘risidagi xabarlar rad etilgani hamda Navoiyda sanitariya qoidalarini buzgan holda 15 bosh qo‘y go‘shtini Toshkentga olib kelayotgan Cobalt haydovchisi jarimaga tortilgani haqida xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat