
Foto: Toshkent viloyat IIBB
Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi Ona va bola monumenti ustiga chiqib, nojo‘ya harakatlar qilgan ayolning shaxsi aniqlandi, deya xabar bermoqda viloyat IIBB.
Ma’lum qilinishicha, 2 may kuni soat 22:00 lar atrofida Olmaliq shahrida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan E.S. ismli qiz shahar xiyobonida joylashgan Ona va bola monumenti ustiga chiqib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, noo‘rin xatti-harakat sodir qilgan va jarayon aks etgan videotasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.
Mazkur holatda fuqaro E.S.ning xatti-harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida ko‘rsatilgan (mayda bezorilik) huquqbuzarlik mavjudligi sababli Olmaliq shahar IIB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilibb qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar hududiy sud organiga yuborilmoqda.
— Shukhrat (@bankir2102) June 3, 2021
Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga ko‘ra, mayda bezorilik, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik – BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar