Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi yakunida Termizda qurilgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rib, ushbu uyda istiqomat qilayotgan Nazira Rahimova va uning «zulfiyachi» qizi Ruxshona Abdurazzoqova xonadonida bo‘lgandi. O‘zAning xabar berishicha, ushbu qizga Prezident nomidan Spark sovg‘a qilindi.
Foto: O‘zA
Ma’lum qilinishicha, Ruxshona Abdurazzoqova davlat rahbari bilan suhbat vaqtida kitoblarini sovg‘a qilgan. Prezident suhbat yakunida izlanuvchan, chuqur bilimga ega qizni tarbiyalab, kamolga yetkazayotgani uchun uning onasiga minnatdorchilik bildirib, Spark mashinasini sovg‘a qilgan.
Sovg‘ani Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov topshirgan.
Foto: O‘zA
Mashinani tantanali topshirish marosimida Respublika yoshlar ittifoqi agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, senator M.Xojimatov, viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, senator O.Soatov, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi raisi, senator S.Sayidov va boshqalar ham qatnashgan.
«Prezidentimizning kutilmaganda xonadonimizga kelib, biz bilan samimiy suhbat qilganidan hayajonlanib qoldim. Mening har bir gapimni e’tibor bilan tinglab, Spark yengil avtomashinasi sovg‘a qilishini aytganlarida quloqlarimga ishongim kelmadi. Beixtiyor onamning ham, mening ham ko‘zimizga sevinch yoshlari keldi. Bu sovg‘a hayotimni yanada o‘zgartirib, ulkan marralarni ko‘zlashga undadi. Bu yuksak ishonchni, albatta, oqlayman», — degan Ruxshona Abdurazzoqova. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi