17:40 / 04.06.2021
2 080

Shifokor ishga tiklandi


Avvalo shuni qayd etish kerakki, Konstitutsiyamizning 37-moddasida har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekani mustahkamlab qo‘yilgan.

Fuqarolarimizning ushbu konstitutsiyaviy huquqlari amaldagi mehnat qonunchiligida ham o‘z ifodasini topgan bo‘lib, qonunga ko‘ra hech kim asossiz ravishda ishdan bo‘shatilishi mumkin emas. Ammo shunga qaramay, kundalik hayotda mehnat bilan bog‘liq nizolar uchrab turibdi.

Shu o‘rinda, majburiy progul — bu muayyan xodim ish beruvchining aybi bilan ishlash imkoniyatidan mahrum bo‘lgan vaqt sanalib, u ish beruvchining aybi bilan yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda bejiz to‘xtalganimiz yo‘q.

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining fuqaro K.J.ni Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga ishga tiklash bo‘yicha qarori kelib tushgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida fuqaro K.J. xirurgiya bo‘limiga vrach vazifasiga tiklandi. Bu dalilni keltirishdan maqsad shuki, har bir ish beruvchi mehnat qonunchiligini chuqur bilishi va unga qat’iy amal qilishi zarur. Shundagina xodimlarning huquqlari ishonchli himoya qilinadi, ko‘ngilsiz holatlar yuz bermaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shifokor ishga tiklandi