4 117
TikTok’da besh kundan so‘ng qotilga aylanishini aytgan navoiylik erkakning videosi tarqaldi
TikTok’da navoiylik erkakning «besh kundan keyin qotil bo‘lishi» haqidagi videomurojaati tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB ma’lumot berdi.
O‘rganish davomida videodagi lavha 2021 yilning 4 iyun kuni Navbahor tumani «Navkar» mahallasi Navkar ko‘chasi 60-uyda yashovchi E.K. tomonidan chiqarilganligi aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro E.K.ning sobiq turmush o‘rtog‘i Sh.Z. 2020 yilning 13 dekabr kuni o‘zaro oilaviy kelishmovchilik sababli E.K. bilan janjallashib, o‘zining tug‘ilgan joyi Nurota tumani Eshonsudur qishlog‘iga, otasining uyiga ketib qolgan.
E.K.ning qizi F.L. otasining qo‘lida qolganligi sababli fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudiga ajrim va farzandini o‘zida olib qolish maqsadida ariza bilan murojaat qilgani, 2021 yilning 2 iyun kuni F.L.ni onasi Sh.Z.ga olib berish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqqan.
Qarordan norozi bo‘lgan E.K. 2021 yilning 4 iyun kuni o‘z yashash xonadonida spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda TikTok’da videomurojaat yo‘llagan.
Mazkur holat yuzasidan Navbahor tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, IIB hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Ichki ishlar va prokuratura xodimlari holatni to‘liq nazoratga olgani ma’lum qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin