4 iyundan 5 iyun kuniga o‘tar kechasi Navoiy viloyatida joylashgan «Samarqand» YPX maskanida «Buxoro-Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan O.A. boshqaruvidagi «ISUZU» rusumli avtotransport vositasi Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan to‘xtatib tekshirilgan.
Natijada avtomobil yukxonasida 160 kg. kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan yirik shohli qoramol go‘shti, 200 dona yirik shohli qoramolning kallalari hamda 12 ta qopda 1.500 kg. bo‘lgan tovuq go‘shtlari jami 3 tonnaga yaqin mahsulotlarni olib ketayotganligi aniqlangan.
Ushbu olib ketilayotgan mahsulotlarning sifatiga aniqlik kiritish maqsadida viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda mas’ul xodimlar tomonidan tekshirilganda, fuqaro ushbu go‘sht mahsulotlarini Vazirlar Mahkamasining 386-son qarori talablarini buzgan holda Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib tushuntirish ishlari olib borilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi