
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumani IIBda talonchilikda gumonlangan yosh yigit tomirini kesganiga oid xabarlar tarqadi.
Aytilishicha, yosh yigit ichki ishlar bo‘limi xodimlarining xatti-harakatlariga norozilik sifatida shunday yo‘l tutishga majbur bo‘lgan. Oilaning yolg‘iz boquvchi bo‘lgan gumondor ilgari ham bahsli ayblov bilan bir necha oy «o‘tirgani» aytiladi.
Farg‘ona vildoyat prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unga ko‘ra, gumondorga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish uchun sudga olib ketilayotgan vaqtda u qo‘l bilak sohasini kesib, o‘ziga jarohat yetkazgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘shtepa tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Farg‘ona ViloyatiQo‘shtepa TumaniIIBTalonchilikYosh YigitTergov Harakatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar