13:44 / 07.06.2021
2 628

Shavkat Mirziyoyev 10 iyun kuni Tojikistonga boradi


Prezident ushbu hafta Tojikistonga rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov 7 iyun kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

«O‘zbekiston Prezidenti 10−11 iyun kunlari Tojikistonga rasmiy tashrif bilan boradi. Asosiy muzokaralar tashrifning birinchi kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi. Tashrifning ikkinchi kunida Xo‘jand shahrida qator tadbirlar rejalashtirilgan», — deydi Asadov.

Sherzod Asadovning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari 7 iyun kuni barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish dasturi yuzasidan taqdimotda qatnashadi. 8 iyun kuni esa chorvachilikni rivojlantirish hamda ozuqa bazasini ko‘paytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishini o‘tkazish rejada bor.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonga 2018 yil mart oyida, so‘ng 2018 yilning sentabr oyi oxirida borgandi. Keyinchalik, 2019 yil 14 iyunida Osiyoda o‘zaro hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha konferensiyaning beshinchi sammitida ishtirok etish uchun Tojikistonga borgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat