17:39 / 07.06.2021
1 983

Ijro xarakatlarida konunbuzilish xolati aniklanmagan


Joriy yilning 5 iyun kuni internetning “Telegram” ijtimoiy tarmog‘idagi “Kapitan Karimov” kanalida Nishon tumanida yashovchi fuqaro M.Ovlayev tomonidan qilingan videomurojaat joylashtirildi. Ushbu murojaat Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining 16.12.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan javobgar M.Ovlayev tomonidan Nishon tumani Yuksalish MFY, Kelajak ko‘chasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan umumiy maydoni 29.25 kv.metr, uy-joy, hojatxona 1.5x1.5 kv.metr o‘lchamdagi hovli devorni o‘z hisobidan buzdirish va yer uchastkasidan majburiy tartibda chiqarish belgilangan. Ushbu ijro hujjati Byuroning Nishon tuman bo‘limi ish yurituviga 03.03.2021 yilda kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, taraflarga ma’lum qilingan.

23.03.2021 yildagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining xatida,  ushbu fuqarolik ishini kassatsiya tartibida ko‘rish uchun Oliy sudga yuborilishi so‘ralgan va kassatsiya tartibida ko‘rilguniga qadar sud qarori ijrosi vaqtincha to‘xtatilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 19.04.2021 yildagi xatida sud qarorining ijrosi vaqtincha to‘xtatish haqidagi ko‘rsatma bekor qilingan.

Shundan sung, 11 va 20 may kunlari javobgar M.Ovlayev va boshkalar faol qarshilik ko‘rsatilganligi sababli ijro harakatlarini amalga oshirishning imkoni bo‘lmagan. 05.05.2021 yilda M.Ovlayev tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan hojatxona va qisman xovli devori o‘z ixtiyori bilan buzilgan.

04.06.2021 yilda ijro xujjatida ko‘rsatilgan uy-joy va xovli devorlarini bo‘zish uchun tayinlangan majburiy ijro harakatlariga qarzdorlar ogoxlantirilishiga karamasdan, ular bu jarayonda ishtirok etishdan bo‘yin tovlagan va  ijro harakatlarini amalga oshirishda qatnashmagan.

Shu sababli, ijro harakatlari Yuksalish MFY raisi o‘rinbosari, IIB uchastka noziri va boshqa mas’ul shaxslar bilan birgalikda olib borilib, yordamchi bino va hovli devori majburiy buzdirilgan. Ijro harakatlari davomida yordamchi bino ichida mavjud bo‘lgan 1 dona non pechi, gisht kuyish moslamasi va boshka buyumlar qarzdorlar yo‘q bo‘lganligi sababli xatlab olinib, vaqtinchalik saqlash maqsadida bo‘limga olib kelingan.

Shundan so‘ng, 04 iyun kuni javobgarga ushbu jixozlarni olib ketishi xakida yozma va og‘zaki ravishda chakiruv xati yuborilgan bulsada, mulklarini olib ketmagan.

Majburiy ijro byurosi
Qashqadaryo viloyat boshqarmasi

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat