Mamlakatimizda tashqi savdo operatsiyalari bilan shug‘ullanayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga tovarlarni import qilishda bojxona to‘lovlaridan berilayotgan imtiyozlar va tovarlarni soddalashtirilgan tartibda bojxona nazorati hamda rasmiylashtiruvidan o‘tkazilayotganligiga qaramay, bojxona to‘lovlarini to‘lamaslik maqsadida tovarlarni hujjatlarda ko‘rsatmaslik yoki kamaytirib ko‘rsatish holatlariga bojxona organlari tomonidan o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.
Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Qirguli” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida joylashgan korxona nomiga xorijdan olib kelingan 21 turdagi avtomobil extiyot qismlari tovarlarini erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi va yuk kuzatuv hujjatlari asosida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, qiymati 101 million so‘mlik 2 turdagi avtomobil ehtiyot qismlari tovarlarini bojxona yuk deklaratsiyasi va yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha ekanligi aniqlandi.
Shunga o‘xshash yana bir holatda ham Qo‘qon shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkor tomonidan xorijdan olib kelingan avtomobil ehtiyot qismlari tovarlarini bojxona ombori bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi va yuk kuzatuv hujjatlari asosida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, hujjatlarda ko‘rsatilmagan, qiymati 103 million so‘mlik 3 turdagi avtomobil ehtiyot qismlari tovarlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi