11:44 / 08.06.2021
1 921

Bojxonachilar qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yishdi


Bojxona organlari tomonidan qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yish va shunday faoliyat bilan shug‘ullanuvchi “yashirin sex”larni fosh etish borasida tizimli ishlar  amalga oshirilmoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan “Nukus Vino zavodi” AJ vakillari bilan hamkorlikda Nukus shahrida tezkor tadbir amalga oshirildi.

Tadbir davomida fuqarolar B.S. va U.Ye. qo‘lbola usulda tayyorlangan 8 ta blokda jami 96 shisha (27 shisha 0,45 l va 69 shisha 0,5 l) 46,65 litr “Qaratau” nomli aroq mahsulotlarini shartli xaridorga jami 1,5 million so‘m pul evaziga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.

Tadbir davom ettirilib, oldindan olingan tezkor ma’lumotlar asosida Nukus shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro J.J.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ushbu xonadonda 3 nomdagi 149 shisha jami 72,8 litr qo‘lbola usulda tayyorlangan spirtli ichimliklar borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yishdi