1 921
Bojxonachilar qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yishdi
Bojxona organlari tomonidan qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yish va shunday faoliyat bilan shug‘ullanuvchi “yashirin sex”larni fosh etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan “Nukus Vino zavodi” AJ vakillari bilan hamkorlikda Nukus shahrida tezkor tadbir amalga oshirildi.
Tadbir davomida fuqarolar B.S. va U.Ye. qo‘lbola usulda tayyorlangan 8 ta blokda jami 96 shisha (27 shisha 0,45 l va 69 shisha 0,5 l) 46,65 litr “Qaratau” nomli aroq mahsulotlarini shartli xaridorga jami 1,5 million so‘m pul evaziga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.
Tadbir davom ettirilib, oldindan olingan tezkor ma’lumotlar asosida Nukus shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro J.J.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ushbu xonadonda 3 nomdagi 149 shisha jami 72,8 litr qo‘lbola usulda tayyorlangan spirtli ichimliklar borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi