Foto: IIV
2021 yil 23 may kuni taxminan soat 2:55 larda Toshkent viloyati Angren shahri 5-dahada tungi xizmatni o‘tayotgan Toshkent viloyati IIBB PPX xodimi, safdor Sh.Yo‘ldoshev va safdor U.Shodimatovlar e’tiborini katta sumka ko‘tarib kelayotgan ikki shaxs tortadi va xodimlar ular tomon harakatlanganda, ular qochishga urinadi. PPX xodimlari darhol shubhali shaxslar harakatini cheklab, ularni qo‘lga oladi va shahar IIBga olib boradi.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida qo‘lga olingan shaxslar 2000 yilda tug‘ilgan S.G‘. va 2002 yilda tug‘ilgan O.I. ekanligi hamda ular fuqaro Isayevaga tegishli oziq-ovqat do‘konidan bir necha turdagi mahsulotlarni do‘kon eshigini buzish yo‘li bilan o‘g‘irlab ketayotganligi aniqlanadi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘irlik shaxslar ushlanishidan 15 daqiqa oldin sodir bo‘lgan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deya xabar berdi Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi?
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”