Samarqandda metan zapravkada turgan Nexia’ning gaz balloni portlab ketdi

Samarqandda metan zapravkada turgan Nexia’ning gaz balloni portlab ketdi
Foto: Samarqand viloyati FVB axborot xizmati
9 iyun kuni taxminan soat 04:35 larda Samarqand shahridagi gaz zapravkada turgan Nexia’ning gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda viloyati FVB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shaharning Mirzo Bedil ko‘chasida joylashgan «Ishon Standart» MCHJ ASGQSHda fuqaro M.U. boshqaruvidagi 2002 yilda ishlab chiqarilgan Nexia rusumli avtoulovga o‘rnatilgan siqilgan gaz ballonning yorilishi bilan bog‘liq portlash sodir bo‘lgan.

Portlash oqibatida avtomobil va shoxobchaning gaz taqsimlash ayvonini tunukali shift qismi zararlangan.
Samarqandda metan zapravkada turgan Nexia’ning gaz balloni portlab ketdi
Foto: Samarqand viloyati FVB axborot xizmati
Ushbu hodisa oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan va tan jarohati olganlar yo‘q.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar