18:53 / 10.06.2021
18 682

Sud qaroriga ko‘ra, uydan chiqarish ijro harakati keyingi muddatga qoldirilgan


Joriy yilning 10 iyun kuni davlat ijrochilari Angren shahrida yashovchi Almatov Bahodirning yashab kelayotgan xonadonidan chiqarayotganligi haqida video xabarlar tarqatildi. Holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

Aniqlanishicha, 26.01.2021 yildagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oxangaron tumanlarora sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor Almatov Baxodir Satibaldiyevich, oila a’zolari hisoblangan qo‘shimcha javobgar Mavlyanova Gulnaza Urunbayevna va Mavlyanova Shodiyona Baxodir qizlari bilan undiruvchi Petron Fatima Muratovnaga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan Toshkent viloyati Angren shahar Bobotog‘ m.f.y. 5/1b-dahasi 5-uy 35-xonadondan majburiy tartibda ko‘chirilishligi belgilangan.

Ijro ishi qo‘zg‘atilganligi haqida taraflarga xabar berilgan. Dastlab, 08.04.2021 yildagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oxangaron tumanlararo sudi hal qiluv qarori bilan ijro ishi to‘xtatilgan bo‘lsa, 20.04.2021 yildagi sud ajrimi bilan 2021 yil 05 iyun kuniga qadar kechiktirib turish belgilangan.

Shunga ko‘ra, sud tomonidan qo‘shimcha qaror bo‘lmagani bois, joriy yilning 08 iyun kuniga qarzdor Almatov Baxodir va uning oila a’zolarini Angren shahar Bobotog‘ m.f.y. 5/1b-dahasi 5-uy 35-xonadondan majburiy tartibda ko‘chirish ijro harakati belgilangan bo‘lsada, javobgar tomonida qarshilik ko‘rsatilgani uchun ijro harakatlari 2021 yil 09 iyun kuni soat 17:00 ga qoldirilgan.

Shundan so‘ng, 09 iyun kuni soat 17:00 ga belgilangan majburiy tartibda ko‘chirish ijro harakati davom ettirilgan bo‘lsada, biroq majburiy tartibda ko‘chirish ijro harakatlariga taklif qilingan yordamchi organlar hamda tez tibbiy yordam xizmati xodimlari sababsiz ishtirok etmaganligi, javobgar tomonidan ko‘rsatishlik ko‘rsatish holatlari davom ettirilganligi sababli, ijro harakatlari 2021 yil 14 iyun kuni soat 15:00 ga qoldirildi.

Olib borilan ijro harakatlari davomida qonunbuzilish holatlari aniqlanmagan. Shuni ta’kidlash joizki, ijro harakatlarini to‘xtatish yoki kechiktirish yuzasidan sud va boshqa organ hujjatlari bo‘lmasa, ijro harakatlari davom ettirilishi mumkin.
Bunday holatlarda fuqarolarimiz qaror qabul qilgan organlarga murojaat etishlari maqsadga muvofiqdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sud qaroriga ko‘ra, uydan chiqarish ijro harakati keyingi muddatga qoldirilgan