17:20 / 12.06.2021
1 867

Foto: TIV matbuot xizmati 11 iyun kuni Afg‘onistonning Hayraton shahrida afg‘on tomoniga 1000 dona kislorod ballonlaridan iborat gumanitar yukni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Ushbu in


Foto: TIV matbuot xizmati
11 iyun kuni Afg‘onistonning Hayraton shahrida afg‘on tomoniga 1000 dona kislorod ballonlaridan iborat gumanitar yukni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu insonparvarlik yordami pandemiyaning uchinchi to‘lqiniga duch kelgan Afg‘oniston hukumatining murojaatiga binoan amalga oshirilgan.

Shu munosabat bilan, tashkil etilgan marosimda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev oziq-ovqat va dori-darmonlar mamlakatga pandemiyaga qaramay, uzluksiz ravishda o‘zbek-afg‘on chegarasi orqali yetkazib berilayotganligini aytgan. Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston qo‘shni davlatga har tomonlama ko‘mak berishda davom etishga tayyor.

Foto: TIV matbuot xizmati
Balx viloyati gubernatori Farhod Azimiy O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam Afg‘oniston xalqiga chinakam birodarlik munosabatining yorqin namunasi ekanligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil yanvar oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy ko‘magi ostida afg‘onistonlik shifokorlarning O‘zbekistondagi klinikalarda pandemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mamlakatimiz tajribasi bilan tanishishlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Foto: TIV matbuot xizmati 11 iyun kuni Afg‘onistonning Hayraton shahrida afg‘on tomoniga 1000 dona kislorod ballonlaridan iborat gumanitar yukni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Ushbu in