1 981
MIB “Avto 60 oy” MCHJdan jabr ko‘rganlarga mablag‘larini qaytarish ishlarini olib bormoqda

“Avto 60 oy” MCHJ mansabdor shaxslari J.Baxodirov va boshqalarning jinoiy harakatlari natijasida jabr ko‘rgan fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararlarni qoplash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlaridan iborat tarkibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarda ishchi guruhlar tashkil etildi.
Hozirda ishchi guruhlarga 2.144 nafar fuqaro murojaat qilib, o‘zlariga tegishli hisob raqamlar xaqidagi ma’lumotlarni taqdim qilishgan.
Shuningdek, moddiy zararni qaytarish masalasida murojaat etmagan fuqarolarimizga hududlarda tashkil etilgan ishchi guruhlarga murojaat qilishlari va yetkazilgan zararlar qisqa muddatda ularning hisob raqamlariga o‘tkazilishini eslatib o‘tamiz.
Shu sababli, jamiyatdan jabr ko‘rgan fuqarolarimiznnig aksariyati viloyatlarda yashashligini inobatga olib, ularga yanada qulaylik yaratish va ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida, quyidagi manzillarga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (fuqarolik pasporti) hamda plastik kartochkalari bilan Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalariga (dushanba-juma kunlari soat 09-00 dan 18-00 ga qadar) murojaat qilishlari so‘raladi.
Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalariga
murojaat etish boʼyicha
M А` L U M O T
T/R | Hududlar | Manzil | Telefon raqam |
1 | Аndijon | Аndijon sh., 2-daha. | 74-226-30-66 |
2 | Buxoro | Buxoro shahri, H.T.Buxoriy koʼchasi 3-uy. | 65-221-55-33 |
3 | Jizzax | Jizzax shahri, Yangiboʼston koʼchasi 4-uy. | 72-227-07-95 |
4 | Qashqadaryo | Qarshi shahri, I.Karimov koʼchasi, 51А-uy. | 75-221-28-42 |
5 | Qoraqalpogʼiston Respublikasi | Nukus shahri, Islom Karimov koʼchasi 118-uy | 61-222-84-88 |
6 | Navoiy | Navoiy shahri, Gʼalaba shoh koʼchasi, 176 B-uy. | 79-223-41-77 |
7 | Namangan | Namangan shaxri, S.Sheroziy 3-tor koʼchasi 5А-uy. | 69-228-82-76 |
8 | Samarqand | Samarqand shahri,Spitamen shoh koʼchasi, 270А-uy. | 66-221-78-24 |
9 | Sirdaryo | Guliston shahri, I.Karimov koʼchasi, 35-uy | 67-235-00-17 |
10 | Surxondaryo | Termiz shahri, Istiqlol koʼchasi 80-uy. | 76-227-32-13 |
11 | Toshkent shahar va Toshkent viloyati uchun | Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Аviasozlar 4-mavze, 68-uy. | 71-207-20-19 |
12 | Fargʼona | Fargʼona shahri, Maʼrifat koʼchasi 22-uy. | 73-244-09-06 |
13 | Xorazm | Urganch shahri, Аl-Xorazmiy koʼchasi, 53-uy. | 62-224-65-72 |

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar