Fatvo hay’ati: «Chigirtka halol. Ko‘ngli ko‘targan bemalol yeyishi mumkin»

Fatvo hay’ati: «Chigirtka halol. Ko‘ngli ko‘targan bemalol yeyishi mumkin»
Foto: Deep Food Tech Conference
O‘zbekistonda Singapur kompaniyasi iste’mol qilsa bo‘ladigan chigirtkalarni ko‘paytirayotgani haqida xabar berilgandi. Ushbu chigirtkalarni yeyish haqidagi savolga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati javob berdi.

– Hozirgi kunda O‘zbekistonda iste’mol uchun chigirtka boqilayotgan ekan. Shu to‘g‘rimi va uni yeyish joizmi?
«Boqilayotganidan xabarimiz yo‘q, lekin chigirtka halol. Hattoki uni o‘ligi ham baliq kabi halol ekanligi hadisda ta’kidlangan. Ko‘ngli ko‘targan bemalol yeyishi mumkin», – deyiladi Fatvo hay’ati javobida.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar