
Oilada, odob-axloq va ta’lim-tarbiyaga e’tibor qon-qonimizga singib ketgan burchlarimizdandir. “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona” degan ibratli maqol ham aynan xalqimizga xos.
Qonun mazmuniga ko‘ra, bolalarni tarbiyalash bilan bog‘liq ishlarga doir sudning hal qiluv qarorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ijrochisi tomonidan ijro qilinadi.
Bolani olish va uni boshqa shaxs (shaxslar)ga berish bilan bog‘liq sudning hal qiluv qarorlarini majburiy tartibda ijro etish albatta vasiylik va homiylik organining hamda bola tarbiyalashga berilayotgan shaxs ishtirokida, zarur hollarda esa, ichki ishlar organi vakili ishtirokida amalga oshirilishi lozim.
Xususan, Byuroning Oqoltin tumani bo‘limiga fuqarolik ishlari bo‘yicha Oqoltin tumanlararo sudining 20.04.2021 yildagi qaroriga asosan, qarzdor M.M.dan 2018 yilda tug‘ilgan Murodjonni onasi M.N. tarbiyasiga olib berish to‘g‘risida ijro hujjati 25.05.2021 yilda kelib tushgan va shu kunning o‘zida davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qarorlar qabul qilingan.
Majburiy ijro byurosi davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga voyaga yetmagan bolalarni onasiga ixtiyoriy ravishda topshirish to‘g‘risida ogohlantirish xatlari yuborilgan. Lekin qarzdor farzandini onasiga berishdan bosh tortgan.
Natijada, davlat ijrochisi tomonidan vasiylik va homiylik organi, ichki ishlar organi vakillari va xolislar ishtirokida karantin qoidalariga rioya qilingan holda voyaga yetmagan bolani onasi M.N. tarbiyasiga olib berilib, ijro hujjati amalda tamomlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar