18:35 / 19.06.2021
1 146

Qarish jarayonini tezlatib, odam umrini uzaytirish mumkin — olimlar

Qarish jarayonini tezlatib, odam umrini uzaytirish mumkin — olimlar

Foto: «Econet»
Dyuk universiteti olimlari odamlarning qarish jarayoni o‘zgarmas tezlikda kechishini aniqlashdi. Bu ilmiy kuzatuvlar natijalari «Nature Communications» nashri tomonidan yoritildi.

Ilmiy tadqiqotlar davomida odamlar va bir necha turdagi maymunlarning o‘limlariga oid jadvallar solishtirilgan. Turlarning hayoti davomiyligi ularning o‘lishi bilan sinxron (uyg‘un) kechishi olimlarning e’tiborini tortdi: ular qancha uzoq yashasa — o‘limi ham bir tarzda yuz beradi.

Olimlar kelgan xulosa shu bo‘ldiki, tur vakillarining  o‘rtacha umr ko‘rish yoshi oshgani sayin ularning o‘lim vaqti o‘rtasidagi farq tekislanib boradi — hammaning umri deyarli bir xil vaqt oralig‘ida tugaydi. Aniqlangan yana bir g‘alati fakt shuki, umr ko‘rish chegarasini qarish jarayonini tezlatish hisobiga kengaytirish mumkin ekan. Ayni bir paytda, eng qiyini — mana shu omilni o‘zgartirishdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Qarish jarayonini tezlatib, odam umrini uzaytirish mumkin — olimlar