20:43 / 19.06.2021
2 452

Arnasoylik 3 nafar fuqaroga kompensatsiya pullari undirib berildi


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudining 24.08.2020 yildagi qaroriga qarzdor Arnasoy tuman hokimligidan undiruvchilar N.S., E.Sh va I.H.larning foydasiga buzilishga tushgan uy-joylar uchun jami 248 mln. 307 ming so‘m kompensatsiya undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjatilari Byuroning Arnasoy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritilgan. O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga ko‘ra qarzdorga ijro hujjatining ijrosini ixtiyoriy ravishda ta’minlash uchun muddat berilgan.

Shuningdek, Qonunning 71-moddasiga asosan davlat ijrochisi tomonidan Arnasoy tuman hokimligiga 248 mln. 307 ming so‘m kompensatsiya pullarini to‘lab berish majburiyat yuklatilgan.

Shu bilan birga, Byuroning Arnasoy tuman bo‘limi tomonidan mazkur ijro hujjatini ijrosini ta’minlash bo‘yicha Arnasoy tuman hokimligiga eslatma xati yuborilgan.

Majburiy ijro xarakatlari  davomida Arnasoy tuman hokimligidan 248 mln. 307 ming so‘m kompensatsiya pullari to‘liq undirilib, undiruvchilar N.S., E.Sh. va I.H.larga to‘lab berildi va ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasi 1-qismiga asosan tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Arnasoylik 3 nafar fuqaroga kompensatsiya pullari undirib berildi