Buxoro shahrida 23 - 24 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik» mavzusidagi xalqaro forum yurtimiz aholisi, xususan, yoshlarning katta qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Mazkur nufuzli tadbir oldidan Buxoro shahrida yoshlar ishtirokida aksiya tashkil etilgani fikrimiz dalilidir.
Ko‘hna shaharning Yoshlar markazida o‘tkazilgan aksiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qo‘shma qarori asosida uyushtirilayotgan xalqaro forumning mazmun-mohiyati haqida fikr-mulohaza yuritildi. Unda so‘z olgan viloyat hokimi B.Zaripov yoshlarimiz har jabhada faol va tashabbuskor ekanliklarini, yigit-qizlarga o‘z imkoniyatlari, salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish davlatimizning ustuvor siyosatiga aylanganini ta’kidladi.
Xalqaro forumda ham navqiron avlodning kelajagi bilan bevosita bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.Bunday forumning ilk bor mamlakatimizda, Buxoroda o‘tkazilishi ham alohida ahamiyatga egadir.
Aksiya doirasida ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Faol o‘g‘il-qizlarga o‘zbek va jahon adabiyoti namoyondalarining sara asarlaridan namunalar tuhfa qilindi.
Istam IBROHIMOV
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi