08:33 / 27.06.2021
606

MIB Andijon viloyati boshqarmasida bir guruh soha xodimlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

MIB Andijon viloyati boshqarmasida bir guruh soha xodimlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati viloyatimizda faoliyat yuritayotgan bir guruh jurnalistlarni taqdirladi.

Unga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari vakillarining bir guruhiga bayram munosabati bilan qonun ustuvorligi, sud va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash sohasidagi targ‘ibot tadbirlarini yoritishda ko‘rsatgan faolligi uchun Byuroning viloyat boshqarmasi boshlig‘i tomonidan e’lon qilingan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tabriklash jarayonida boshqarma xodimlari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini xalqimizga yetkazish, yurtdoshlarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, mashaqqatli kasb egalariga ijodiy barkamollik tiladi. Shuningdek, Byuro organlari tomonidan olib borilayotgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini yoritishda soha xodimlari bilan hamkorlik yanada mustahkam va bardavom bo‘lishiga ishonch bildirildi.

- Rag‘bat jurnalistlarni yangidan-yangi mavzular sari ilhomlantiradi, - deydi “Adolat mezoni” gazetasi muharriri Abduvoxid Tojiddinov. – Biz Byuro xodimlari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlagan holda ular faoliyatining muhim qirralarini gazeta sahifalarida ko‘proq yoritish masalalarini kelishib oldik.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » MIB Andijon viloyati boshqarmasida bir guruh soha xodimlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi