Foto: kompromat1.pro
Bugun prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov juranlistlar uchun brifing o‘tkazgani haqida xabar bergandik. Unda o‘tgan haftada sodir bo‘lgan muhim voqealarga ham to‘xtalib o‘tildi.
«23 iyun kuni davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali suhbatlashdi. Joriy yilning 10-11 iyun kunlari Tojikistonga tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlar yuqori baholanib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Xabaringiz bor, oxirgi paytlarda Afg‘oniston shimolida vaziyat o‘zgarmoqda. Bu unga qo‘shni davlatlar – O‘zbekiston va Tojikistonni ham xavotirga soladi, albatta. Shu bois Prezidentlar bu masala bo‘yicha ham fikr almashdilar. Mintaqamizda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida yaqin muloqot va sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar», — dedi Sherzod Asadov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi