Amerikaning SOURCE kompaniyasi sahrolarda quyosh nuri yordamida havodan suv oluvchi panel ko‘rinishidagi generatorlarni o‘rnatmoqda, deb yozadi CNN.
Gidropanellarning quyosh batareyalari havoni tortib oluvchi hamda suv bug‘ini ajratib oluvchi material orqali o‘tkazadigan ventilatorni quvvatlantiradi. Kondensatlangan suvning ta’mini yaxshilash uchun suvga magniy va kalsiy qo‘shiladi.
«Quyosh energiyasidan foydalanib havodan suv olish mumkin. Elektr va maxsus infratuzilmaga hojat yo‘q», — dedi kompaniyaning Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika bo‘yicha vitse-prezidenti Vohid Fotuhiy.
Kompaniya Afrika va Osiyoning bir nechta mamlakatlaridagi shifoxona va maktablarda quyosh gidropanellarini o‘rnatgan.
Kompaniyaning Dubaydagi suv fermasida yiliga 1,5 million litrga yaqin suv olinadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi