O‘zbekistonlik yoshlar xorijiy oliygohlarga kirishda tarixiy natijalar qayd etishdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev talabalar va yoshlar forumida qilgan chiqishi davomida ta’kidlab o‘tdi.
– O‘tgan bir yilda bilimli va zukko yoshlarimiz xalqaro fan olimpiadalarida 4 ta oltin, 18 ta kumush va 29 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Joriy yilda Prezident maktablarini tamomlagan 96 nafar o‘quvchilarning barchasi muddatidan avval nufuzli xorijiy oliygohlarga grant asosida o‘qishga kirdi.
Misol uchun, Toshkent shahridan Temurbek Sulaymonov – 26 ta, Qoraqalpog‘istondan Nursultan Duysenbayev – 16 ta, Xorazmdan Charosxon O‘ktamboyeva – 8 ta, Namangandan Robiyaxon Nabijonova – 5 ta, o‘rta maktab bitiruvchilari – Andijondan Visola Asadullayeva –12 ta hamda Qashqadaryodan Shuhrat Yuldashev 16 ta nufuzli xorijiy oliygohga o‘qishga qabul qilingan.
Bunday natijalar, ilgari tariximizda hech qachon bo‘lmagan, – dedi davlat rahbari.
Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam yangi o‘quv yilidan barcha uchun ta’lim krediti imtiyozli shartlarda ajratilishi xabar qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi