21:53 / 02.07.2021
10 875

Vaksinadan keyin immunitet qachon hosil bo‘ladi?


AOKAda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda mutaxassis vaksinadan keyin immunitet qachon hosil bo‘lishi haqidagi savolga javob qaytardi.

— Koronavirusga qarshi vaksinani 1-chi bosqichini olganlarda immunitet hujayrlar paydo bo‘lishi vaksina olgan kunidan 14 kun oralig‘ida ko‘tarilishni boshlaydi va uning maksimal ko‘tarilish darajasi oxirgi bosqich (ya’ni 2 yoki 3-chi bosqich) vaksinani olgandan 30-60 kunlar ba’zilarda 90 kun oralig‘ida erishiladi.

Bu erishilgan vaksinani nechi kun yoki yil saqlanishi bo‘yicha butun dunyoda va o‘zimizni olimlar ham nazorat qilib bormoqdalar. Vaqt o‘tib immun hujayralarni saqlanish muddatlari haqida aniq ma’lumotlar chop etiladi.

Bugungi kunda mavjud ma’lumotlardan olimlarning taxminlari e’lon qilinib borilmoqda, ularning taxminlariga ko‘ra, ba’zi vaksinalar 1 yil, ba’zilari 2 yil, ba’zi vaksinalar esa umrbod immun himoya hosil qiladi – deb xulosa qilmoqdalar.

Shunga qaramay, vaksina olayotganlarga va olganlarga vaksina olib immun himoyadaman deb xulosa qilishga shoshilmang. Karantin qoidalariga rioya qilish barcha infeksion kasallikdan saqlaydi, shuningdek koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinadan keyingi immunitetni hosil bo‘lishiga ham yordam beradi, — dedi mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vaksinadan keyin immunitet qachon hosil bo‘ladi?