Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Toshkent shahrida mobil dastur orqali fuqarolar nomidan onlayn kredit olish bilan shug‘ullanib kelgan shaxs aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda S.S. ismli fuqaro «R.L» va «O.N» MCHJlarni norasmiy ravishda yuritib kelib, ushbu jamiyat rahbarlari va boshqalar bilan oldindan til biriktirgan hamda 34 nafar fuqaroni go‘yoki mazkur jamiyat ishchilari sifatida rasmiylashtirgani aniqlangan.
Shuningdek, u ushbu fuqarolarning xabardorligisiz tijorat bank filiallari orqali «Joyda» mobil dasturi yordamida 897 million so‘m onlayn kredit mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
U olingan kreditning 769,7 million so‘mini qaytarmasdan, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi