Bir martalik plastikdan foydalanishni taqiqlovchi qonun 2019 yilda qabul qilingandi. Ushbu qonun Yevropa ittifoqi davlatlariga 2021 yil 3 iyulgacha bozordan bunday mahsulotlarni olish va boshqa ishlab chiqarmaslik majburiyatini yuklagan. Keyingi 12 oy ichida bir martalik plastik buyumlarning yig‘ilib qolgan zaxiralarini sotishga ruxsat beriladi, biroq keyin taqiqlov to‘liq kuchga kiradi.
Belgiyalik yevrodeputat Frederik Risning aytishicha, bu barcha bir martalik plastik oshxona anjomlari – likopchalar, pichoq va sanchqilarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, paxtali tayoqchalar, pufaklar, qahvani aralashtirish uchun plastik tayoqchalar, plastik paketlar ham taqiqlanadi.
Dengiz va okeanlarni ifloslantiruvchi chiqindilarning 80 foizdan ko‘prog‘ini plastik tashkil qiladi. Plastikdan tayyorlangan buyumlar ko‘pincha bir marta ishlatilib, so‘ngra tashlab yuboriladi. Ularning dengizga tushishi ehtimoli ko‘p marta qo‘llanuvchi buyumlar tushishiga nisbatan yuqoriroqni tashkil qiladi. Dengiz, okeanlar, plyajlarda to‘planuvchi plastik dengiz jonzotlari va inson organizmiga katta xavf soladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi