19:10 / 05.07.2021
1 303

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan Afg‘onistonda yomonlashib borayotgan vaziyatni muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan Afg‘onistonda yomonlashib borayotgan vaziyatni muhokama qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 iyul kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarining ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar hamda mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.

Mintaqamizda Afg‘oniston yo‘nalishidagi ahvolning yomonlashishi va keskinlikning kuchayishi bilan bog‘liq vaziyatning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Yaqin idoralararo muvofiqlashuvni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, Prezidentlar bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarni, shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini o‘tkazish rejasini ko‘rib chiqdilar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan Afg‘onistonda yomonlashib borayotgan vaziyatni muhokama qildi