21:36 / 06.07.2021
2 739

Olimlar koronavirusning yangi mutatsiyalaridan ogohlantirmoqda


Foto: «News.myseldon.com»
Vir Biotechnology va Temple universiteti Genomika va evolyutsion tibbiyot institutining amerikalik olimlari matematik hisob-kitoblar asosida koronavirus mutatsiyalarini prognoz qilishga imkon beradigan prognozlash modelini yaratishdi. Bu haqda «Izvestiya» yozmoqda.

Ularning prognozlariga ko‘ra, yaqin to‘rt oy ichida 22 ta yangi SARS-Cov-2 mutatsiyasi paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, mutaxassislar koronavirusdagi butun dunyo bo‘ylab tarqaluvchi va pandemiyaning turli bosqichlarida harakat qiluvchi o‘zgarishlarni hisobga olishadi.

Model ularning paydo bo‘lishini global miqyosda bir foizgacha tarqalmasidan besh oy oldin prognoz qilishi mumkin. Modelni sinab ko‘rish orqali olimlar nafaqat dunyo bo‘ylab tarqalib ketgan shtammlarni, balki L452R, P618R, E484Q mutatsiyalarini ham retrospektiv ravishda «prognozlash» imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa butun dunyoga tarqalishidan bir necha oy oldin hindlarning «Delta» shtammining paydo bo‘lishiga olib keldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar koronavirusning yangi mutatsiyalaridan ogohlantirmoqda