Foto: IIV matbuot xizmati
24 iyun kuni IIV va Xorazm viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi tadbir natijasida juda ko‘p miqdordagi opiy giyohvandlik vositasini noqonuniy sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi.
Yelim idish (baklajka)ga solingan opiy giyohvandlik vositasini 30 000 AQSH dollariga sotishni maqsad qilgan, Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi, 33 yoshli A.X. 24 iyun kuni Urganch shahrida xaridor bilan uchrashib, unga «zahri qotil»ni berib, kelishilgan summadagi 30 000 AQSH dollarini olgan paytida tezkor xodimlar tomonidan jinoyat ustida ushlandi.
Umumiy vazni 1,2 kg bo‘lgan opiy giyohvandlik vositasi jinoyat ishi yuzasidan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.
Yuqoridagi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi