09:20 / 12.07.2021
7 656

Buxoroda 24 yoshli qizni cho‘lda ikki erkak bilan jinsiy yaqinlik qilishga undagan ayol qo‘lga olindi


Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida 100 ming so‘m evaziga 24 yoshli qizni cho‘lda ikki erkak bilan jinsiy aloqa qilishga undagan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, tumanning «Oqrabot» mahallasida yashovchi 40 yoshli ayol N.Ch. 24 yoshli A.A.ni «Baraka» mahallasiga qarashli cho‘l massiviga olib borib, ikki nafar erkak bilan jinsiy aloqa qilishga undagan. Shart-sharoit yaratib berishi evaziga mijozlardan 100 ming so‘m pul talab qilgan. Holatdan cho‘l hududida yashovchi fuqarolar xabar topgan. Va bu haqda zudlik bilan G‘ijduvon tuman IIO navbatchilik qismiga xabar bergan.

2021 yilning 11 iyul kuni tuman IIO FMB vakillari tomonidan tezkor harakat boshlangan va qisqa muddatda voqea joyiga yetib borgan. Berilgan ma’lumotga ko‘ra, N.Ch. 100 ming so‘m pulni mijozdan olgan vaqtda qo‘lga olingan. Avvaliga o‘zini oqlashga uringan N.Ch. holat oydinlashtirilgach, aybiga iqror bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Ta’kidlash lozim, ushbu modda bilan gumonlangan fuqaroning aybi isbotlansa, aybdor bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha (1 225 000 so‘mdan 12 250 000 so‘mgacha) miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda 24 yoshli qizni cho‘lda ikki erkak bilan jinsiy yaqinlik qilishga undagan ayol qo‘lga olindi